Marmush “Manchester Siti”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
20 yanvar 2025 7291 1 daqiqa
Misr terma jamoasi va “Ayntraxt” klubi futbolchisi Omar Marmushning “Manchester Siti” klubidagi maoshi ochiqlandi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
“Shaharliklar” futbolchining maoshini yiliga 10 million yevro etib belgiladi. Ta’kidlanishicha, Marmush bugun, 20 yanvar kuni Manchesterga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Futbolchining transferi seshanba yoki chorshanba kuni to‘liq yakuniga yetishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Marmush “Manchester Siti”ga bonuslarni hisobga olgan holda 80 million yevroga o‘tmoqda. U klub tarkibida 2029 yilning yozigacha to‘p tepadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “shaharliklar” ustozi Gvardiola ushbu transfer borasida aniq ma’lumotga ega emasligini aytgandi.