Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmatiga rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Hasan Odilovich Abdurahmonov Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining rahbari etib tayinlangan.

Hasan Abdurahmonov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Iqtisodchi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori. 

Ma’lum qilinishicha, Hasan Abdurahmonov ushbu lavozimga tayinlanishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy saylov komissiyasi Hasan Abdurahmonov

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing