Markaziy Osiyoda muzliklarning qisqarishi suv tanqisligiga olib keladi – Tojikiston
Olam
−
15 noyabr
21672050 yilga borib Markaziy Osiyo muzliklarining uchdan bir qismini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda Tojikiston Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Bahodur Sheralizoda COP29 doirasida iqlim bo‘yicha bo‘lib o‘tgan panel muhokamasida ma’lum qildi. https://www.trend.az/business/3969966.html
Qayd etilishicha, Tojikistonda 14 mingdan ortiq muzliklar mavjud bo‘lib, bu mintaqadagi suv resurslarining 60 foizini ta’minlaydi. Bu muzliklarning tez erishi butun mintaqaning suv, oziq-ovqat va energetika xavfsizligiga tahdid solmoqda.
Bahodur Sheralizodaga ko‘ra, so‘nggi 30-40 yil ichida respublikada 1000 dan ortiq muzliklar erib ketgan.
Shu sababdan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava muzliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarga 7 yil davomida mintaqaga 3,5 milliard dollar sarmoya kiritish rejalarini aytdi.
Mintaqaviy hamkorlar, jumladan, Ozarbayjon ekologiya vaziri Muxtor Boboyev muzliklarning erishi muammosini hal qilishda yagona yondashuv muhimligini ta’kidladi. Iqlim vaziyatining yomonlashuvi va muzliklarning qisqarishi suv tanqisligiga olib keladi hamda Markaziy Osiyo va Kavkazdagi qishloq xo‘jaligi va ekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov suv tanqisligi sabab yuzaga keladigan mojarolar xavfidan ogohlantirgandi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda millionlab odamlarni suv bilan ta’minlovchi muzliklar tez yo‘q bo‘lib ketmoqda. Bu faqat Qirg‘iziston uchun muammo emas, balki mintaqaviy va global muammodir. Suv tanqisligi yanada kuchayib, mojarolar, beqarorlik va qashshoqlik potensialini yaratadi. Iqlim o‘zgarishi tog‘ ekotizimlari va odamlarga, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligiga, qishloq xo‘jaligiga, shuningdek, “dunyoning ko‘plab tog‘li hududlarda suv va toza energiya kabi asosiy ekotizim xizmatlarini ko‘rsatishga” salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
LiveBarchasi