Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib beradi

Olam

image

Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston 2025 yilda “Tolibon” boshqaruvidagi Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib beradi. Bu haqda “Da Afghanistan Breshna Sherkat” davlat energetika kompaniyasi kecha, 18 dekabr kuni xabar berdi.

Kompaniya bosh direktori Abdul Bari Umar va “O‘zenergosotish” boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov O‘zbekistonda Afg‘onistonga energiya yetkazib berishni 2025 yil oxirigacha uzaytirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Yetkazib berish hajmi va narxi, shuningdek, kelishuvlarning boshqa tafsilotlari oshkor etilmagan.

Mualliflarning eslatishicha, Turkmaniston bilan xuddi shunday kelishuvni “Tolibon” 7 dekabrda, Tojikiston bilan esa noyabr oxirida imzolagan.

Ayni paytda, “Amu” telekanali “Tolibon” energetika va suv resurslari vazirligiga tayanib xabar berishicha, Afg‘onistonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji kuniga 1500 MVtni tashkil qiladi. Shundan 720 MVtga yaqini import qilinadi, qolgani Afg‘onistonda ishlab chiqariladi.

25 noyabr kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Kobulga tashrifi chog‘ida Moskva Afg‘oniston bilan “konstruktiv siyosiy muloqot o‘rnatishga”, shu jumladan, “jarayonga turtki berish uchun” tayyor ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning “Tolibon” nazorati ostidagi milliy elektr kompaniyasi (Da Afghanistan Breshna Sherkat) O‘zbekistondan elektr energiyasi yetkazib berish ikki baravarga qisqarganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston elektr energiya Turkmaniston Da Afghanistan Breshna Sherkat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing