Japarov Tojikiston bilan bahsli chegara masalasi qanday hal qilinganini aytdi

Olam

image

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara masalalari ikki tomonning o‘zaro manfaatlarini hisobga olgan holda hal etilgan. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Chegara delimitatsiyasi jarayonida bir tomonga afzallik berish mumkin emas. Ikkala tomonning manfaatlari teng ravishda hisobga olinishi kerak. Shunday qilib, uzoq vaqt davomida nizolarni keltirib chiqarayotgan hududlar bo‘yicha kelishuvga erishildi va ular teng ravishda (50/50) taqsimlandi. Ba’zi hududlar almashildi”, dedi Japarov.

Shuningdek, u mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama komissiya ishlarini tugatib, tegishli hujjatlarni imzolash jarayoni yakunlanishga yaqin ekanini va bu bilan barcha chegara masalalari hal qilinishini ta’kidladi. Japarovning bildirishicha, keyingi bosqichda hujjatlar parlamentlarda ratifikatsiya qilinadi va nihoyat Prezidentlar tomonidan imzolanadi.

Bundan tashqari, Tojikiston bilan chegara hududidagi barcha postlar ochilishi va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar tiklanishi rejalashtirilgan. 3 yil davomida yopiq qolgan chegara postlari iqtisodiy zararga olib kelgan, ammo endi savdo va hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsad qilingan. Japarovga ko‘ra, chegaradagi kelishuvlar hal qilinishi bilan bu hududlarga investorlar va sayyohlar jalb qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston va Qirg‘iziston hukumati delegatsiyalari to‘liq holda Tojikiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining qolgan hududlarini aniqlashni yakunlagani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston chegara Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing