Kanibodomda to‘rt kishining jasadi topildi

Olam

image

Bugun, 16 dekabrga o‘tar kechasi Tojikistonning Kanibodom shahri Xisorak qishlog‘ida zo‘ravonlik alomatlari bilan yana to‘rt kishining jasadi topildi. Bu haqda “Pressa” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar ikki erkak va ikki ayol bo‘lgan.

“Ularni noma’lum shaxslar o‘ldirgani taxmin qilinmoqda”, deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, qurbonlar orasida 35 yoshli G‘aybullo Majidov va uning 28 yoshli turmush o‘rtog‘i Zarniyor bo‘lgan. Ularning uch farzandi omon qolgan.

Boshqa qurbonlar esa 70 yoshli Oyisha Shokirova va uning 44 yoshli o‘g‘li Javlon Shokirov ekani aytilmoqda. Hodisa yuz bergan vaqtda ularning uyida boshqa odamlar bo‘lganmi, bu noma’lumligicha qolgan.

“Asia-Plus”ga ko‘ra, jasadlar topilganida hodisa bir necha soat oldin sodir bo‘lgani aniqlangan. Qurbonlarni birinchi bo‘lib kim topgani hozircha aniq emas.

Qayd etilishicha, rasmiylar Xisorakda to‘rt jasad topilgani yuzasidan izoh bermagan. So‘g‘d IIB, Konibodom shahar IIB va respublika IIV matbuot xizmati tahririyatning ko‘p sonli qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning aprel oyidan boshlab Kanibodomda oilaviy qotilliklarning kamida beshta holati haqida xabarlar tarqalib, bu shahar aholisi orasida qo‘rquv uyg‘otgan. Jinoyatlarning sabablari hozircha noma’lum va ular bir-biriga bog‘liqmi yoki yo‘qmi, aniqlanmagan. Bu esa Kanibodomda bir hafta ichida sodir bo‘lgan ikkinchi qotillikdir.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston qurbonlar Kanibodom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing