Markaziy Osiyo o‘z tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrni boshdan kechirmoqda – To‘qayev
Olam
−
31 iyul 2988 1 daqiqa
Markaziy Osiyo o‘z tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrni boshdan kechirmoqda. Bu haqda bugun, 31 iyul kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Ozarbayjon Prezidentining norasmiy maslahat uchrashuvida so‘z ochdi.
O‘z nutqida u qirg‘iz va qozoq xalqlari o‘rtasidagi alohida qardoshlik munosabatlarini ta’kidlab, ushbu uchrashuv sifatli barcha darajalardagi ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat ekanini bildirgan.
Uning fikricha, XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadidagi shartnomaning imzolanishi katta yutuq bo‘lgna. Shu munosabat bilan To‘qayev birgalikda rivojlanishga yordam beradigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etgan.
U Markaziy Osiyo ovozi jahon maydonida baland yangrayotganini aytib, Qirg‘izistonni BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zosi etib saylangani bilan tabriklagan.
U Ozarbayjonning qo‘shilishi muhim bosqich ekanini aytib o‘tgan.
“Qozog‘iston erishilgan kelishuvlarga sodiqdir va birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan muvaffaqiyatlarga erishishimizga ishonadi”, deydi To‘qayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Cho‘lponotada bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi majlisida Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizlikning yangi tahdidlariga birgalikda qarshi turishi va mintaqaning energetik mustaqilligini mustahkamlashi zarur ekanini aytgan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28