Markaziy Osiyo yetakchilarining Maslahat uchrashuvi boshlandi (video)

Olam

image

Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 avgust kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VI Maslahat uchrashuviga bordi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Oltinchi maslahat uchrashuvida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etdi. Oliy martabali mehmonlarni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kutib olgan.

Mazkur yig‘ilishda 2027 yilgacha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlanadi. Ushbu hujjat hukumatlarning muvofiqlashtirilgan ishini takomillashtirish va sohada taklif etilayotgan tashabbuslarning borishi ustidan nazoratni kuchaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, “Markaziy Osiyo – 2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yana bir muhim hujjat imzolanadi.

Maslahatlashuv uchrashuvida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham so‘zga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oqo‘rdada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, Mirziyoyev va To‘qayev tor doirada uchrashuv o‘tkazdi va Mirziyoyev To‘qayevni O‘zbekistonga taklif qildi. Uchrashuv davomida Mirziyoyev “Oltin Qiron” ordeni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 10 dan ortiq hujjatlar imzolandi.  Shuningdek, Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilari bilan konsertga bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made