Markaziy Osiyo davlatlari xavfdan ogohlantirish tizimini yaratmoqchi
Olam
−
14 noyabr 2023 6971 1 daqiqa
Markaziy Osiyo davlatlari BMT Bosh kotibiga transchegaraviy favqulodda vaziyatlar tahdidi bo‘yicha ogohlantirish tizimini yaratish masalasida murojaat qildi. Murojaat Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari favqulodda vaziyatlar boshqarmalari rahbarlarining navbatdagi Mintaqaviy forum-yig‘ilishida muhokama qilindi.
Ushbu yig‘ilishda “Raqamli xavfsizlik pasporti va interaktiv xarita – Qozog‘iston Respublikasida xavflarning raqamli atlasi” ishlab chiqilayotgan platforma misolida Markaziy Osiyo mamlakatlarida transchegaraviy xavflarning raqamli atlasini yaratish tashabbusi muhokama qilingan va ma’qullangan.
Forumda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari, BMT agentliklari, donorlar, xalqaro va nohukumat tashkilotlar vakillari ishtirok etgan. Forum axborot va tajriba almashish, mintaqadagi vaziyatni muhokama qilish va iqlim o‘zgarishi ta’sirining kuchayishi, iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishga jiddiy xavf tug‘diruvchi ekstremal ob-havo va iqlim hodisalarining tez-tez sodir bo‘lishi davridagi asosiy muammolarni aniqlash maqsadida chaqirilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr