Mark Sukerberg rekord darajadagi jarimaga tortildi

Olam

image

Irlandiya regulyatori Meta Platforms kompaniyasini rekord miqdorda jarimaga tortdi. Gap 1,2 milliard yevro haqida ketmoqda, bunga sabab foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini Yevropa Ittifoqidan AQSHga o‘tkazish bilan bog‘liq qonunbuzarliklardir. Bu haqda bugun, 22 may kuni “Prime” agentligi xabar berdi.

“Facebook'ning bosh kompaniyasi Meta shaxsiy ma’lumotlarni Yevropa Ittifoqidan AQSHga o‘tkazish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar uchun Irlandiya axborot himoyasi regulyatori tomonidan 1,2 milliard yevro miqdorida jarimaga tortildi”, deyiladi idoraning rasmiy bayonotida.

Aytilishicha, mazkur jarima shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Ittifoqi qonuni tarixidagi eng yirigi hisoblanadi. Meta Platforms’dan oldin Amazon 2021 yilda 746 million yevro jarima to‘lash bilan “rekord o‘rnatgan”.

Shuningdek, Irlandiya regulyatori kompaniyaga Yevropa Ittifoqidan AQSHga ma’lumotlarni uzatishni to‘xtatishni buyurgan. Buning uchun besh oylik muddat ajratilgan.

Ma’lumot uchun, Meta Platforms’ning egasi Mark Sukerberg 2022 yilda “Forbes” talqini bo‘yicha dunyoning eng boy 20 kishisi qatoridan joy olgan. Bu yil esa uning reytingdagi mavqeiga Irlandiyaning qarori ta’sir qilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Facebook Meta Mark Tsukerberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing