Mariya Timofeyeva “Makarska Open” turniri g‘olibi bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 7 iyun kuni Xorvatiyaning Makarska shahrida o‘tkazilgan WTA 125 turniri yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mariya Timofeyeva musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi.

Final bahsida Timofeyeva latviyalik Darya Semenistayani 6/2, 6/3 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu tennischilarning o‘zaro o‘tkazgan ilk uchrashuvi bo‘ldi. 93 daqiqa davom etgan final bahsida ikkala tennis malikasi ham eys zarbalarni amalga oshira olmadi.

Bahsda Darya 2 ta qo‘shxatoni amalga oshirdi Timofeyeva esa, qo‘shxatolarsiz o‘yinni tugatdi. Breyklarda esa, Mariya 5 ga 2 ko‘rinishida ustun bo‘ldi. Ushbu g‘alaba Mariyaga 125 reyting ochkosini keltirdi va u WTA jonli reytingida 27 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoning 91-raketkasiga aylandi.

Chempionlik sari yo‘lda Mariya yarim finalda ispaniyalik, dunyoning sobiq 32-raketkasi Sara Sorribes Tormoni ham mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Mariya Timofeeva Makarska

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing