Farg‘ona tong otguncha... Marg‘ilondagi yirik bozor kulga aylandi (video)

Jamiyat

Bugun, 9 iyun kuni Marg‘ilon shahridagi savdo kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, yong‘in yuz bergan savdo kompleksi Marg‘ilondagi eng yirik oziq-ovqat bozori bo‘lgan.

Tungi soat 02:05 da Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar YOXB dispetcherlik xizmatiga Marg‘ilon shahar "Pichoqchi" MFY Xiyobon ko‘chasi 174-uyda joylashgan “Marg‘ilon umumiy ulgurji savdo kompleksi” MCHJda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

3

Xabar asosida birinchi bo‘linmalar voqea joyiga yetib borganida savdo kompleksining keng maydonda qurilish konstruksiyalari va savdo do‘konlarining tom qismidan quyuq tutun aralash alanga chiqib yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Bozordagi yirik yong‘in soat 04:20 da qurshab olinib, 05:40 da batamom o‘chirilgan. Yong‘inga jami 19 ta asosiy va 3 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari jalb etilgan. Yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

4

Yong‘in oqibatida savdo kompleksi binosining (tim) taxminan 1575 kv.m maydonidagi qurilish konstruksiyalari va tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan savdo rastalar, tez yonuvchi materiallaridan (taxta-yog‘och, DVP, plastik va b.) qurilgan savdo do‘konlar va ular ichida saqlangan oziq-ovqat mahsulotlari yonib zararlangan. Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida savdo kompleksining 8 865 kv.m maydoni saqlab qolinishiga erishilgan. Yong‘inni kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Marg'ilon

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing