Farg‘onadagi “roddom”da fojia: hamshiralar pichoqlandi. Qurbon bor

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanidagi tug‘uruqxonada katta hamshira boshqa hamshiralarni pichoqladi. Oqibatda 2 kishi jarohatlandi, 1 kishi vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa, kecha, 7 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Fojia sababi hozircha ma’lum emas. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. 

Uning bildirishicha, hodisa oqibatida 2 kishi jabrlangan, 1 nafari vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxsa (ayol) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyati Zarbdor tuman sudi 77 yoshli taksi haydovchisini o‘ldirib, uning puli, telefoni va avtomashinasini egallagan shaxsga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing