Maradonaning tanasi maqbaraga ko‘chirilishi mumkin
Sport
−
21 dekabr 2020 7305 1 daqiqa
Afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning jasadi eksgumatsiya qilinishi va maxsus qurilgan maqbaraga joylashtirilishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, o‘limidan biroz avval futbolchi bu istagi haqida advokatiga aytgan, shuningdek, xat qoldirgan.
"Ko‘p o‘ylanganimdan so‘ng, o‘limimdan keyin tanam kuboklarim va shaxsiy narsalarim bilan birga muzeyda namoyish etilishi istagimni bildirmoqchiman", deyilgan Maradonaning maktubida.
Maqbara qurilishi haqidagi ma’lumotni futbolchining so‘nggi rafiqasining advokati Mario Bodri ham tasdiqlagan va uning merosxo‘rlari ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.
Avvalroq, Maradonaning qarindoshlari undan qolgan meros uchun janjal boshlagani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Diyego Maradona 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak huruji sabab bo‘ldi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025