...mantiqsizlik – Bekmurodov
Jamiyat
−
20 Oktabr 2020
11718Xabaringiz bor, joriy yil 19 oktyabridan jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yo‘lovchilar salomatligini asrash maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etildi. Respublika maxsus komissiyasining ushbu qarori ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgach, qo‘lqoplar bepul berilishi aytildi.
Ikki kundirki, Transport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu qarorning mohiyatini jamoatchilikka tushuntirishga harakat qiladi. Ammo, qaror kuchga kirib bo‘ldi. Natijasi ham kundek ravshan. Aniqrog‘i, natijani metro va avtobus bekatlarida sochilib yotgan qo‘lqoplar misolida ko‘rish ham mumkin. “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodovning fikricha, ushbu qaror bilan “Jamoat transportlarida qo‘lqop taqishni targ‘ib qilish – mantiqsizlik”. Bu haqda Bekmurodov o‘zining Telegram’dagi kanalida yozdi.
“Transport vazirligi tomonidan joriy etilgan Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, marshrutka) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy qo‘lqopda bo‘lish tartibi jamoatchilik orasida bahslarga sabab bo‘lmoqda”, deydi Bemurodov.
U ushbu qarorning mantiqiyligi va huquqiyligi yuzasidan ikkita asosiy shubhasi borligini aytadi.
“Birinchidan, jamoat transportida qo‘lqop taqilishi haqida Maxsus komissiya qarori yoki biror yuridik hujjat yo‘q. Transport vazirligining bunday qaror qabul qilishga vakolati bormi? Agar shunday hujjat bo‘lsa, uni e’lon qilish kerak.
Ikkinchidan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus infeksiyasidan saqlanishda qo‘lqop taqib yurishni samarasiz, deb topgan. Jumladan JSST saytida COVID-19 bo‘yicha savol-javoblar bilan birga, ma’lum bir tavsiyalar ham berib boriladi. Aynan qo‘lqop taqish borasida quyidagi tavsiya mavjud:Qo‘lqop taqish samarali emas. Qo‘lqoplarda virus to‘planadi va inson agarda qo‘lqop taqilgan qo‘l bilan yuzga tekkizilsa, ko‘z yoki og‘iz orqali virus yuqishi mumkin. Qo‘llarni muntazam yuvish yoki spirt vositasida artib turish samaraliroq.
Qo‘lqoplar tekinga tarqatilgani bilan, unlarni harid qilish xarajatlari oxir-oqibat soliq to‘lovchilarning hisobidan amalga oshiriladi”, deydi Bekmurodov.
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi so‘zi so‘ngida Transport vazirligi ushbu tartibni bekor qilishi va buning o‘rniga, fuqarolar bilan maslahatlashib, boshqa (qo‘lni dezinfeksiya qilish uchun dispenserlarni o‘rnatish kabi) himoya usullarini taklif qilishi kerakligini aytadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 oktyabr kuni Transport vazirligi Matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov QALAMPIR.UZ orqali chiqish qilib, ushbu qarorning qabul qilinishi bilan bog‘liq sabablarga to‘xtalgan edi.
LiveBarchasi