Mannopovning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 5 mart kuni “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgani ochiqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga xabar qildi.

Avvalroq, Farhod Mannopovning do‘sti, “Mittivine” jamoasi a’zosi Ulug‘bek Shodibekov Youtube'dagi kanallarga bergan intervyusida uning o‘limi yuzasidan ekspertiza o‘tkazilayotganini bildirgan.

Ammo bundan oldin Mannopovning o‘limiga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, ko‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ jurnalisti Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. Qayd etilishicha, Mannopovning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgan.

Shuningdek, blogerning o‘limi bilan bog‘liq jinoyatga kimlar tortilgani, ularning shaxsi qachon ochiqlanishi haqida ham ma’lumot so‘raldi. 

Matbuot kotibiga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan uning vafoti yuzasidan xizmat tekshiruvi xulosasi berilganidan so‘ng aybdor shaxslar doirasi aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Farhod Mannopovning komaga tushganini shifokorlar uning yaqinlaridan 6 soat davomida yashirgani, faqat oila a’zolarining qistovi bilan u komaga tushganini ochiqlashga majbur bo‘lingani aytilgan edi. Marhumning do‘sti Ulug‘bek Shodibekov Mannopov komaga tushgach, uning qon tahlillari boshqa klinikada bir necha bor tekshirib borilgani, u operatsiya qilingan klinikada esa kerakli texnikalar bo‘lmaganini aytgan.

Farhod Mannopovning o‘ligi chiqqan “Star Med Center” 14 martdan e’tiboran faoliyatini 10 kunga to‘xtatgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, mazkur tibbiyot muassasasida bir qator litsenziya talab va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Farhod Mannopov Mittivine Star Med

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing