Mannopov vafot etgan kuni professor Zarifboy Ibodullayev “Star Med”ga yordamga chaqirilgani ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

Farhod Mannopov vafot etishidan avval u operatsiya qilingan “Star Med Center” klinikasidan professor, tibbiyot fanlari doktori Zarifboy Ibodullayevga qo‘ng‘iroq bo‘lgan va undan og‘ir bemor borligi, yetib kelishi so‘ralgan. Bu haqda shifokorning o‘zi “Ozodlik” radiosi bilan suhbatda ma’lum qildi. 

Professorning bildirishicha, unga aynan Mannopov operatsiya stoliga yotqizilgan 3 mart kuni soat 15:00 – 16:00 atrofida “Star Med Center” klinikasidan qo‘ng‘iroq qilingan. 

“Men boshqa klinikada bemor ko‘rayotgan edim. Qo‘ng‘iroq qilib, “bir bemorning ahvoli og‘ir bo‘lib qoldi, iltimos, kelib-keting”, deyishdi. Men soat 17-18 atrofida borishim mumkinligini aytdim”, deb o‘sha kunni esga oldi Zarifboy Ibodullayev. 

Uning bildirishicha, oradan ko‘p o‘tmay, klinikadan reanimatolog qo‘ng‘iroq qilgan va bemor komadaligini aytgan. 

“Nima gap desam, “SPON” rivojlandi shekilli”, dedi. SPON – sindrom poliorgannoy nedostatochnosti (Bir necha organlar yetishmovchiligi). “Bemor koma holatida”, dedi. Odatda, bemor koma holatida bo‘lsa, men borganim bilan yordam qila olmayman. Zudlik bilan 16-shifoxona (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi)dan reanimatologlarni chaqiringlar deb aytdim. Shundan keyin ular bilan bog‘lana olmadim. Ertasiga ertalab esa shu voqea sodir bo‘lganini eshitib qoldim”, deydi Ibodullayev. 

Shifokor so‘zida davom etarkan, gumoni borligini urg‘ulab, bunday holatda bemor operatsiyaga olinishidan avval bosh miya MSKT tekshiruvidan o‘tkazilishi kerakligini aytadi. 

Avvalroq, “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopovning komaga tushganini shifokorlar uning yaqinlaridan 6 soat davomida yashirgani, faqat oila a’zolarining qistovi bilan u komaga tushganini ochiqlashga majbur bo‘lingani aytilgan edi. Marhumning do‘sti Ulug‘bek Shodibekov Mannopov komaga tushgach, uning qon tahlillari boshqa klinikada bir necha bor tekshirib borilgani, u operatsiya qilingan klinikada esa kerakli texnikalar bo‘lmaganini aytadi.

Eslatib o‘tamiz, Farhod Mannopovning o‘limiga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, qo‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Farhod Mannopovning o‘ligi chiqqan “Star Med Center” kecha, 14 martdan e’tiboran faoliyatini 10 kunga to‘xtatdi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, mazkur tibbiyot muassasasida bir qator litsenziya talab va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan


Maqola muallifi

Teglar

Farhod Mannopov Mittivine Star Med Ulug'bek Shodibekov Zarifboy Ibodullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing