Mannopov ishi. “Star med” ustidan sud boshlandi

3-sahifa

image

Bugun, 15 may kuni Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudida Farhod Mannopovning vafoti ortidan Sog‘liqni saqlash vazirligining litsenziyani bekor qilishni so‘ragani yuzasidan iqtisodiy sud boshlandi. Bu haqda Oliy Sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ jurnalistiga ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, SSV Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilib, unda “Omad plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati (“Star med center” klinikasi sifatida tanilgan)ga nisbatan vazirlik tomonidan “Omad plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2021 yil 16 fevral kuni berilgan 27390032-raqamli litsenziyani bekor qilishni so‘ragan.

Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining ajrimi bilan ushbu ariza ish yurituviga qabul qilingan va bu bo‘yicha iqtisodiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, 15 may kuni mazkur arizani ko‘rish bo‘yicha sud jarayoni boshlangan.

Bugungi sud majlisida javobgar vakili fuqaro Farhod Mannapovning vafoti yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanganini aytib o‘tgan. Uning tergov yakunlangani bo‘yicha qabul qilinadigan sud hujjati qonuniy kuchga kirgunga qadar iqtisodiy ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qanoatlantirish sud tomonidan rad etilgan.

Bildirilishicha, taraflarning qo‘shimcha dalillar taqdim etish maqsadida sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnomalari qanoatlantirilib, navbatdagi sud muhokamasi 2023 yil 22 may kuni soat 15:00 ga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, Mannopovning operatsiyasida  ishtirok etgan anestiziolog va reanimatolog, plastik jarroh shifokori, laborant shifokorining malakaviy toifalari va sertifikatlari bo‘lmagani ma’lum bo‘lgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Farhod Mannopov Mittivine Star med

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing