Mane Saudiya klubiga o‘tishga yaqin turibdi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi “Bavariya” hujumchisi Sadio Manega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Nikolo Skira o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi tomonidan Manega mavsumiga 20 million yevro maosh bilan uch yillik shartnoma taklif qilingan.

31 yoshli Mane 2022 yilda “Liverpul”ni tark etib, Germaniyaning “Bavariya” klubiga o‘tgan edi. Myunxenda Sadio 38 uchrashuvda 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyul kuni Manening sobiq jamoadoshi, braziliyalik Roberto Firmino “Al-Ahli”ga ko‘chib o‘tgani e’lon qilingandi. Firmino erkin agent sifatida transfer qilindi. Saudiya klubi braziliyalik hujumchi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadio Mane Al-Ahli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing