Ronaldu jamoadoshlaridan norozi bo‘ldi
Sport
−
11:19 822 1 daqiqa
“Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026-2027 yilgi Saudiya Pro-ligasining 3-turida “Al-Ittifoq”qa qarshi uchrashuvda jamoasining o‘yinidan norozi bo‘ldi. Bu haqda “Ole” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu joriy yilning 25 avgust kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda tanaffus paytida ham, mezbonlar tomonidan har bir gol urilganidan keyin ham jamoadoshlaridan norozi ekanini ochiq namoyon qilgan. U, ayniqsa, himoyada o‘ynayotganda futbolchilardan ko‘proq e’tibor talab qilgan.
Portugaliyalik futbolchi kiyinish xonasiga yo‘l olganida ham natija va jamoaning o‘yinidan norozi holda tribunalar tomon ishoralar qilishda davom etgan.
Natijada, bosh murabbiy Ronalduni almashtirdi va hujumchi ikkinchi bo‘limda maydonga qaytmadi. Qizig‘i, Ronaldusiz va bir kishi kam bo‘lib qolgan “Al-Nasr” Sadio Manening dubl hamda Abdulla Al-Amrining goli evaziga uchrashuv taqdirini o‘z foydasiga hal qildi.
Keyingi turda “Al-Ittifoq” joriy yilning 29 avgust kuni “Ad-Diriya” bilan, “Al-Nasr” esa 28 avgust kuni “At-Taavun” bilan o‘ynaydi.
Live
Barchasi