Saudiya ligasidan ikki futbolchi “Oltin to‘p”ga nomzodlar ro‘yxatiga kirdi – jurnalist

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi hujumchisi Sadio Mane va “Al-Qodisiya”ning meksikalik forvardi Xulian Kinones “France Football” nashri tomonidan 2026 yilgi “Oltin to‘p” mukofotiga da’vogarlarning eng yaxshi 30 taligidan joy oladi. Bu haqda jurnalist va insayder Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, har ikki futbolchining o‘tgan mavsumdagi o‘yinlari, jumladan, Saudiya Arabistoni Pro-ligasi va 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki yuqori baholangan.

Shuningdek, yakuniy qisqa ro‘yxatdan PSJning 10 nafar futbolchisi o‘rin olishi kutilmoqda. Bu bir klub vakili sifatida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, parijliklar 2025-2026 yilgi Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan.

O‘tgan mavsumda 34 yoshli Mane klub va terma jamoa safida 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Senegallik futbolchi “Al-Nasr” bilan Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u Senegal terma jamoasi bilan Afrika Millatlar kubogida g‘olib chiqdi.

29 yoshli Kinones esa o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistoni Pro-ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi – u chempionatda 33 ta gol urdi. 

Meksikalik futbolchi klub va milliy terma jamoa safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 41 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.

Meksika terma jamoasi esa 2026 yilgi Jahon chempionatida 1/8 finalga qadar yetib bordi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing