Mane terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Sport

image

Senegal milliy terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Le Quotidien” nashri xabar berdi.

“Bilingki, men bu bayroq uchun hamma narsani qurbon qildim. Men borimni berdim va har doim mamlakatimiz sharafi uchun ayamay kurashdim”, deydi Mane.

34 yoshli hujumchi Senegal terma jamoasi safida 130 ta uchrashuvda maydonga tushib, 54 ta gol urdi va mamlakat tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. U milliy jamoa bilan 2021 yilgi Afrika Millatlar Kubogida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 2019 va 2026 yilgi musobaqalarda kumush medallarni qo‘lga kiritgan.

Mane 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surib keladi va 2026 yilgi mamlakat chempionatida g‘olib chiqqan. Uning klub faoliyati Fransiyaning “Mets”, Avstriyaning “Zalsburg”, Angliyaning “Sautgempton” va “Liverpul”, shuningdek, Germaniyaning “Bavariya” klublari bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionatida Senegal milliy terma jamoasi 1/16 final bosqichida Belgiyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini yakunlagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing