“Manchester Siti” yulduzi ham Saudiya klubiga o‘tadi

Sport

image

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Riyod Mahrez faoliyatini “Al-Ahli”da davom ettiradi. Bu haqda Saudiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, allaqachon “Al-Ahli” 32 yoshli himoyachi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Futbol jurnalisti Ben Jeykobsga ko‘ra, Riyod Mahrezning transferi keyingi 48 soat ichida rasman e’lon qilinadi va sportchi klub uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgach jamoa safiga qo‘shiladi. 

“Al-Ahli” Mahrez uchun 30 million funt (35,1 mln yevro) taklif qilmoqda. Futbolchining o‘ziga esa yiliga 25 million funt (29,2 mln yevro) maosh va’da qilingan. Uning “Transfermarkt” portalida ko‘rsatilgan taxminiy narxi esa 20 million yevroni tashkil etadi. 

Ma’lumot uchun, Riyod Mahrezning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. U 2022-2023 yilgi mavsumda APLda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Al-Ahli Riyod Mahrez

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing