“Manchester Siti” yangi yarim himoyachi sotib olmoqchi

Sport

image

“Manchester Siti” “Nottingem Forest” klubi yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “shaharliklar” 25 yoshli futbolchini yozgi transferlar oynasida jamoaga qo‘shib olish ustida faol ish olib bormoqda. U “Siti”ning asosiy transfer maqsadlaridan biri sanaladi.

Qayd etilishicha, shartnoma borasida muammolar bo‘lmasligi mumkin, ammo “o‘rmonchilar” vakillari va “shaharliklar” o‘rtasidagi muzokaralar qiyin kechmoqda. Sababi klub o‘zining yetakchilaridan birini qo‘yib yuborishni istamayapti. Ammo “Siti” tomon ortga chekinmoqchi emas, chunki ushbu futbolchini jamoaga kelishini murabbiy Gvardiolaning shaxsan o‘zi xohlamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Morgan Gibbs-Uayt klub tarkibida 34 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. “Transfermarkt” portali futbolchining qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Uning “o‘rmonchilar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Fabritsio Romano Nottingem Forest Morgan Gibbs-Uayt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing