“Manchester Siti” yangi transferni e’lon qildi

Sport

image

“Portu” klubining 23 yoshli yarim himoyachisi Niko Gonsales Angliyaning “Manchester Siti” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda “shaharliklar” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining transfer narxi 60 million yevroni tashkil qiladi. Ispaniyalik futbolchi “shaharliklar” bilan 2029 yilgacha shartnoma imzoladi. 

Shunday qilib, Yevropada qishki transferlar oynasi yopildi. “Manchester Siti” qishki transfer oynasining eng faol klubi bo‘ldi. “Shaharliklar” 4 nafar futbolchi, Vitor Reis, Omar Marmush, Abduqodir Husonov va Niko Gonsalesni o‘z safiga qo‘shib oldi. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Niko “Portu” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”da Nikoning qiymati 18 million yevroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” yozda “Bayer” klubining ikki yetakchi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Niko Gonsales

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing