“Manchester Siti” 200 million yevrolik transferni amalga oshirmoqchi
Sport
−
04 fevral 3178 1 daqiqa
“Manchester Siti” “Bayer”ning ikki yetakchisi – germaniyalik yarim himoyachi Florian Virs va niderlandiyalik himoyachi Jeremi Frimpongga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli germaniyalik yozda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan Kevin de Bryuynega o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. Florian uchun “shaharliklar” Yevropaning yetakchi klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi, ammo futbolchining Xosep Gvardiola bilan ishlash istagi muhim omil bo‘lishi mumkin.
Frimpongga kelsak, uning klubga olib kelinishi ayniqsa Kayl Uoker sotib olish opsiyasi bilan “Milan”ga ijaraga o‘tganidan so‘ng dolzarb bo‘lib qoldi. Har ikki futbolchining transferi uchun “shaharliklar” rahbariyati 200 million yevro tayyorladi.
Florian Virs joriy mavsumda klub miqyosida 32 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali nemis futbolchisining narxini 140 million yevroga baholagan. Jermemi Frimpong klub miqyosida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” Frimpongning bozor qiymatini 50 million yevroga baholagan.