“Manchester Siti”ni yana bir futbolchi tark etdi

Sport

image

Ispaniyalik yarim himoyachi Niko Gonsales “Manchester Siti”dan “Nyukasl”ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Angliya klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlari oshkor etilmagan. Faqat kelishuv uzoq muddatga mo‘ljallangani ta’kidlandi.

24 yoshli Gonsales 2025 yildan beri “Manchester Siti” safida to‘p tepib kelayotgan edi. U jamoa bilan Angliya kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritgan.

“Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan yarim himoyachi 2021–2023 yillarda kataloniyaliklarning asosiy jamoasida o‘ynagan. 2023 yildan 2025 yilgacha esa Portugaliyaning “Portu” klubi sharafini himoya qilib, jamoa bilan Portugaliya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti”dan yozgi transfer oynasida bir qator futbolchilar ketdi. Ular orasida Rodri, Bernardu Silva, Savino, Omar Marmush, Jon Stounz, Natan Ake, Jeyms Trafford va Tidjani Reynders kabi asosiy tarkib vakillari ham bor. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing