“Manchester Siti”ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva klub muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Portugaliyalik yarim himoyachi 61 foiz ovoz to‘plab, Rodri va Joau Kanseluni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Silva joriy yilning sentyabrida barcha musobaqalarda “shaharliklar” safida 5 o‘yin o‘tkazdi. U raqiblar darvozasiga bitta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi va o‘sha o‘yinda “Lester” 1:0 hisobida mag‘lub etildi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Bernardu Silvaning transferi borasida muzokara o‘tkazgan va “Manchester Siti”ga futbolchilar almashinuvini taklif etgandi. Biroq, “shaharliklar” portugaliyalikni to‘liq sotishdan manfaatdor ekanini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

APL Barselona Manchester Siti UEFA Bernardu Silva

Baholaganlar

3

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing