Daniyaga qarşi mağlubiyatdan keyin 3 futbolçi Portugaliya yiğinni tark etdi
Sport
−
18:41 645 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi himoyaçisi Ruben Diaş hamda yarim himoyaçilar Joau Palinya va Bernardu Silva Daniyaga qarşi öyindan söng terma jamoa yiğinini tark etdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Diaş va Palinya sariq kartoçkalar yiğib olgani sababli joriy yilning 17 noyabr kuni Kardiffda Uelsga qarşi ötkaziladigan Millatlar ligasi guruh bosqiçining sönggi uçraşuvida iştirok eta olmaydi.
Bernardu Silva esa tibbiy körikdan söng öyinlarda qatnaşişga yaroqsiz deb topilgan.
“Portugaliya futbol federatsiyasining soğliqni saqlaş va sport tayyorgarligi departamenti mutaxassislari tibbiy körikdan söng Bernardu Silvaning öyinlarda iştirok etişga tayyor emasligi haqida xulosa berdi. Yakşanba kuni ertalab boş murabbiy Jorje Jezuş qöl ostida 24 nafar futbolçi maşğulotlarni davom ettirdi”, deyiladi federatsiyaning rasmiy xabarida.
Eslatib ötamiz, keça, 14 noyabr kuni Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqiçining beşinçi turida öz maydonida Daniyaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Live
Barchasi