“Manchester Siti”ning g‘alabali seriyasi nihoyasiga yetdi

Sport

image

YeCHLdagi oxirgi o‘yinida durang qayd etgan “Manchester Siti”ning 10 ta o‘yindan iborat g‘alabali seriyasi yakunlandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

“Shaharliklar” YeCHL chorak final javob o‘yini doirasida “Bavariya” bilan safarda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 

Oxirgi marta Gvardiola shogirdlari o‘tgan yil 22 fevral kuni turnirning 1/8 finalida “Leypsig”ga qarshi bahsda durangga erishgandi (1:1). 

Shuningdek, “Man Siti”ning mag‘lubiyatsiz o‘yinlari soni 15 taga yetdi. Jamoa “Tottenhem”dan uchralgan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng 12 ta g‘alabaga erishib, 3 ta durangga imzo chekdi.

Klub navbatdagi o‘yinini 22 aprel kuni Angliya kubogi doirasida “Sheffild Yunayted”ga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti EChL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing