“Manchester Siti” misrlik hujumchini sotib olmoqchi

Sport

image

“Manchester Siti” qishki transferlar oynasida “Ayntraxt“ hujumchisi Umar Marmushni qo‘lga kiritmoqchi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Ayntraxt Frankfurt” forvardi Umar Marmushni sotib olishga harakat qiladi. Shuningdek, Rodrining o‘rnini to‘ldirish maqsadida “Atalanta” yarim himoyachisi Edersonni ham transfer qilish borasida muzokaralar boshladi.

Ma’lumot o‘rnida, Marmushning frankfurtliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. 25 yoshli misrlik futbolchi joriy mavsum klub tarkibida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi. Marmushning narxi “Transfermarkt” portalida 60 million yevroga baholangan.

Edersonning bergamoliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. u joriy mavsum klub safida, barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Braziliyalikning narxi “Transfermarkt” portalida 50 million yevro deb ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Ayntraxt Umar Marmush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing