“Manchester Siti” Xoland uchun taklifini yubordi
Sport
−
12 aprel 2022
4529“Manchester Siti” “Borussiya Dortmund” klubining 21 yoshli norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Sky Sport Italy” xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” allaqachon Dortmund klubiga Xoland uchun katta miqdordagi taklif jo‘natgan. Bu taklif Erlingning 75 million yevrolik tovon pulini to‘lash, shuningdek, uning agenti Mino Rayolaga 70 million yevro komissiya pulini o‘z ichiga oladi. Futbolchiga esa yiliga 30 million yevro maoshni nazarda tutuvchi 5 yillik shartnoma taklif qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Xoland 2020 yilning yanvar oyida “Zalsburg”dan 20 million yevro evaziga “Borussiya” safiga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda norvegiyalik forvard Germaniya Bundesligasining 14 ta o‘yinida qatnashib, 16 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Xoland Chempionlar ligasining uchta o‘yinida uchta gol urdi. Erlingning nemis klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi. “Transfermarkt” portali tomonidan futbolchining bozor qiymati 150 million yevroga baholangan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi