“Manchester City” Xoland bilan kelishuvga erishdi – OAV
Sport
−
19 aprel 2022
4399Angliyaning “Manchester City” jamoasi Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xoland bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” Xolandga bir hafta uchun 600 ming yevro maosh taklif qilgan, bu esa uni APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantiradi. “Shaharliklar” Erling bilan besh yillik shartnoma imzolashga tayyor. Tomonlar o‘rtasidagi bitim kelasi haftadayoq imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xoland 2020 yilning yanvar oyida “Zalsburg”dan 20 million evro evaziga “Borussiya Dortmund”ga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda norvegiyalik hujumchi Germaniya Bundesligasida 20 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, norvegiyalik hujumchi Chempionlar ligasining uchta o‘yinida uchta gol urdi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi