Angliya yettinchi divizioni vakili Xolandni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Sport
−
15 noyabr 2022
4866Angliyaning yettinchi futbol divizionida qatnashadigan "Eshton Yunayted" "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandni ijaraga olishga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Erling Xolandni ijaraga olish uchun klub "Manchester Siti"ga so‘rov yuborganini tasdiqladi.
"Biz Xolandni 28 kun jamoamizda bo‘lishini xohlaymiz. Xoland mundial vaqtida “Eshton Yunayted”da to‘p surib, formasini saqlab qolishi mumkin. Erling jamoaning o‘yin sxemasiga to‘liq mos tushadi ", deyilgan "Eshton Yunayted" matbuot xizmati xabarida.
Joriy mavsumda Erling Xoland "shaharliklar" safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 18 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 3 ta golga uzatma berdi.
LiveBarchasi