MYU 2017 yildan beri ilk bor oltita uy uchrashuvda g‘alabaga erishdi
Sport
−
28 dekabr 2022
3348"Manchester Yunayted" 2017 yildan beri birinchi marta ketma-ket oltita uy uchrashuvida g‘alaba qozondi. Angliya Premer-ligasining 17-turida “qizil iblislar” “Nottingem Forest”ni qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida Markus Reshford hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Reshfordning uzatmasini Antoni Marsyal gol bilan yakunladi. 87-daqiqada Kazemironing pasidan so‘ng Fred gol urdi va bahsga nuqta qo‘ydi.
Bungacha "Manchester Yunayted" o‘z uyida "Tottenxem" (2:0), "Sherif" (3:0), "Vest Xem" (1:0), "Aston Villa" (4:2) va "Byornli" (2:0) bilan o‘yinlarda g‘alaba qozongandi.
2017 yilda klubning uydagi g‘alabali seriyasi ketma-ket 12 ta rasmiy o‘yinni tashkil etgandi.
LiveBarchasi