MYU Ronaldu o‘rniga bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda

Sport

image

"Manchester Yunayted" noyabr oyi oxirida jamoani tark etgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar qidirmoqda. 37 yoshli to‘purar jurnalist Pirs Morganga JCH oldidan shov-shuvli intervyu berib, rahbariyat va bosh murabbiy Erik ten Xagni tanqid qilgandi. “Qizil iblislar” futbolchining bunday xatti-harakatlariga toqat qilmadi va u bilan shartnomani bekor qildi.

Krishtianuning o‘rniga asosiy nomzod niderlandiyalik hujumchi Kodi Gakpo bo‘lib turibdi. Biroq 23 yoshli futbolchi uchun kurashda "mankunianliklar" "Liverpul"ni ortda qoldirishi kerak. "Mersisaydliklar" PSV forvardi bilan 6 yillik shartnoma imzolamoqchi.

Shuningdek, MYU e’tiborini yana bir hujumchiga qaratdi. "Mankunianliklar" yanvar oyida "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Nigeriyalik futbolchi joriy mavsum Italiya klubi safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu MYU

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing