“Chelsi” JCH-2022 ning to‘rt yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

"Chelsi" JCH-2022 dan so‘ng o‘zining transfer rejasini ma’lum qildi. Murabbiylar shtabi va londonliklar rahbariyati e’tiborini Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining to‘rt nafar yulduziga qaratdi. Bu haqda "Daily Express" nashri xabar berdi.

"Chelsi" birinchi navbatda Argentina va "Brayton" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterga "ko‘z tikmoqda". "Ko‘klar" safini kuchaytirish uchun yana bir nomzod Niderlandiya terma jamoasi a’zosi Kodi Gakpo bo‘ldi. 

Shuningdek, "Chelsi" darvoza chizig‘ini xorvatiyalik darvozabon Dominik Livakovich bilan kuchaytirishi mumkin. Bundan tashqari, "aristokratlar" yarim himoyachi Adriyen Raboga qiziqish bildirmoqda, chunki tez orada klubning Jorjino va Kante bilan shartnomasi tugaydi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Chelsi

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing