Erling Xoland otasini ortda qoldirdi
Sport
−
29 dekabr 2022
4538“Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland "Lids"ga qarshi o‘yinda urgan ikki goli evaziga Premer-ligada gollar soni bo‘yicha otasi Alf-Ingeni ortda qoldirdi.
APL navbatdagi tur doirasida "shaharliklar" ishonchli tarzda "Lids"ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, "Arsenal"ni ta’qib qilishda davom etmoqda. 22 yoshli norvegiyalik futbolchi chempionatda 20 ta gol urib, otasining 18 ta golli natijasini yangiladi. Qayd etish joiz, Alf-Inge Xoland 18 ta gol urish uchun, APLda 181 ta o‘yin o‘tkazgan. Erling esa bor-yo‘g‘i 14 ta bahsda 20 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Erling Xoland APLning joriy mavsumida 14 uchrashuvda 20 ta goldan tashqari 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi