Angliya kubogida 15 yil avval bo‘lgan holat takrorlandi
Sport
−
09 yanvar 2023
6308Angliya Premer-ligasining 8 ta klubi mamlakat kubogining 3-bosqichidan chiqib ketdi.
“Everton”, “Kristal Pelas”, “Bornmut”, “Nottingem Forest”, “Brentford”, “Nyukasl”, “Aston Villa” va “Chelsi” klublari turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Angliyada bunday holat 2007-2008 yilgi mavsumdan buyon sodir bo‘lmagan, o‘sha mavsumda Premer-liganing to‘qqizta jamoasi 3-bosqichda turnirni tark etgandi.
Kecha, 8 yanvar kuni “Aston Villa” to‘rtinchi liganing “Stivenj” jamoasiga (1:2) imkoniyatni boy berdi.
Bugun, 9 yanvar kuni “Arsenal” “Oksford Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, Angliya Kubogining 3-bosqichida “Liverpul”-“Vulverxempton” (2:2) va “Lids”-“Kardiff Siti” (2:2) uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi