Manba: “Manchester City” Xolandning transferini hal qildi

Sport 5774
image

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xoland yaqin kunlarda rasman “Manchester City” futbolchisiga aylanadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira “Twittyer”dagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘tgan haftada 21 yoshli norvegiyalik hujumchining transferi bo‘yicha bitimning barcha shartlarini kelishib olgan.

Xoland “Borussiya” bilan 2020 yil boshida shartnoma imzolagan edi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Erlingni "Zalsburg"dan sotib olish nemis jamoasiga 20 million yevroga tushgan. Qayd etish joizki, 2022 yilning yozida norvegiyalik futbolchini sotib olish  qiymati 75 million yevroni tashkil etadi. Agar Xolandning transferi mana shu yilda amalga oshmaydigan bo‘lsa, keyingi yil “Borussiya Dortmund” 150 million yevro atrofida pul ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda norvegiyalik hujumchi Germaniya Bundesligasida 20 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, norvegiyalik hujumchi Chempionlar ligasining uchta o‘yinida uchta gol urdi. “Transfermarkt” portali norvegiyalik iqtidor egasini 150 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 195
Reyting: 3
t
×