“Man Siti” tarixdagi eng qimmat markaziy himoyachi transferini amalga oshiryapti
Sport
−
02 avgust 2023
5663“Leypsig” klubining xorvatiyalik a’zosi Yoshko Gvardiol faoliyatini Angliyaning “Manchester Siti” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Leypsig” va “Manchester Siti” 21 yoshli himoyachining transferi borasida kelishuvga erishgan. Tez orada futbolchining transferi rasman e’lon qilinadi.
Xorvatiyalik futbolchi tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylanadi – “shaharliklar” uning transferi uchun 90 million yevro to‘laydi.
Gvardiol 2021 yilda 18 million evro evaziga Zagrebning “Dinamo”sidan ”Leypsig” jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchi o‘tgan mavsum klub safida umumiy 41 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan.