“Man Siti”ning yozgi transfer oynasidagi rejalari qanday?
Sport
−
19 may 2023
4876Emerik Laport va Ilkay Gyundogan “Man Siti”dan ketsa, yozda klub ularning o‘rniga bir qator futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” “RB Leypsig” himoyachisi Yoshko Gvardiolni sotib olishga urinib ko‘rmoqchi.
Hozirda “Manchester Siti” bor e’tiborini treblga qaratmoqda, biroq bir necha haftadan so‘ng klub ketish istagida bo‘lgan ba’zi futbolchilarning kelajagini ko‘rib chiqadi.
Emerik Laportga bir qancha klublar, jumladan, “Barselona” va “Tottenxem” qizisish bildirmoqda.
“Shaharliklar” Yoshko uchun “Leypsig”ga 114 million yevroni to‘lashi kerak, ammo nemis klubi yozda moliyaviy feyr-pley talablariga javob berish uchun Yoshkoning narxni pasaytirishga rozi bo‘lishi mumkin. Agar yaxshi taklif tushsa, Gvardiol nemis klubini tark etadi.
“Chelsi” va “Liverpul” ham xorvatiyalik futbolchi vakillari bilan bog‘langan. Himoyachi o‘tgan yozda “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirgandi, ammo klub yakunda Lisandro Martinesni sotib olishni afzal ko‘rdi.
Bundan tashqari, agar Ilkay Gyundogan “Barselona”ga ketsa, “Man Siti” yozda biror yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashi kerak bo‘ladi. PSJ esa Bernardu Silvaga yana qiziqish bildirmoqda, ammo “Manchester Siti” uning qolishi uchun maksimal harakat qilishga qaror qildi.
LiveBarchasi