“Man Siti” braziliyalik futbolchi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflamoqchi
Sport
−
16 mart 2024 4628 1 daqiqa
“Manchester Siti” “Nyukasl”ning 26 yoshli yarim himoyachisi Brunu Gimaraynsh uchun 115 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun uning atrofidagilar bilan allaqachon aloqa o‘rnatgan.
Manchester klubi yarim himoyachi Rodrigo Ernandesga yordam bo‘lishi uchun uning pozitsiyasiga futbolchi sotib olmoqchi.
Joriy mavsum Gimaraynsh barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 85 million yevroni tashkil qiladi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr