“Man Siti” a’zosi katta jarimaga tortiladi
Sport
−
14 fevral
4005Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Jek Grilish mashinasini katta tezlikda harakatlantirgani uchun ayblanmoqda. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda angliyalik futbolchi sud jarayoni boshlanishini kutmoqda. Grilish bir necha bor shahar ko‘chalarida katta tezlikda harakatlangan.
Ikki qoidabuzarlikning har biri uchun Grillish 6 tadan jarima ochkosi olishi va 300 ming funt sterling miqdorida jarima to‘lashi kutilmoqda.
Qayd etish joiz, bu Grillishning qonun bilan bog‘liq muammolarga birinchi marta duch kelishi emas. 2020 yilda u karantin qoidalarini buzgani uchun jarima to‘lagan. O‘shanda “Aston Villa” a’zosi bo‘lgan yarim himoyachi ta’qiqlangan bayram kechasida ishtirok etgan.
LiveBarchasi