Malida isyon: qo‘lga olingan Prezident iste’fo berdi
Olam
−
19 avgust 2020
5883Avvalroq, Malida harbiylar isyon ko‘targani haqida xabar bergan edik. Isyonchilar Bosh vazir va Prezidentning o‘g‘lini qo‘lga olgandi.
Malida isyonchi harbiylar keyinroq mamlakat Prezidenti Ibrohim Babakar Keytani ham hibsga olgan. Shundan so‘ng, u iste’foga chiqqan. Prezident parlamentni ham tarqatib yuborgan.
“Men shu vaqtdan boshlab o‘z vakolatimni topshirishga qaror qildim. Men hokimiyatimni saqlab qolish uchun qon to‘kilishini xohlamayman”, degan Keyta.
Eslatib o‘tamiz, Malidagi davlat to‘ntarishi kecha, 18 avgust kuni boshlandi Unga Milliy gvardiya polkovnigi yetakchilik qildi. Isyon Kati shahrida boshlandi.
Ma’lumot uchun, Malida iyundan beri vaziyat notin. Mamlkatda norozilik namoyishlari tinmayapti. Ular Prezident Ibrohim Bubakara Keytaning iste’fosini talab qilyapti. 2012 yilda ham Malida isyon uyushirilib, Prezident Amadu Tumani Ture hokimiyatdan ag‘darilgandi.
LiveBarchasi