Malibu 3 kishini urib, uchirib yubordi. 2 kishi vafot etdi
3-sahifa
−
29 iyun 7237 1 daqiqa
Joriy yilning 25 iyun kuni Andijon viloyatida 2 kishi Malibu urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:55 larda Andijon shahar Yangi Bo‘ston MFY Amir Temur shoh ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida haydovchi 1997 yilda tug‘ilgan R.Z. o‘ziga tegishli bo‘lgan boshqaruvidagi Malibu 2 rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.
Bildirilishicha, ushbu YTH oqibatida piyodalar olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha tibbiy muolajalarga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida “Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan bir guruh o‘quvchilar yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 1 nafar o‘quvchi vafot etgandi.
Live
Barchasi