Maktablarda vaqtincha o‘tilmayotgan fanlar III chorakdan davom etadi

Jamiyat

image

2020-2021 o‘quv yili boshlanayotganda pandemiya sabab maktablarda vaqtincha to‘xtatilgan fanlar III chorakdan yana o‘qitila boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Pandemiya davrida o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlash va ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida joriy o‘quv yilining I va II choraklarida jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, texnologiya, tasviriy san’at, chizmachilik, CHQTB hamda tarbiya fanlarini vaqtinchalik o‘tmaslik tavsiya etilgan edi.

“Xalq ta’limi vazirligi epidemiologik vaziyat barqarorlashganligi, bugungi kunga kelib deyarli barcha maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 5,6 mln. nafar (90 foiz) o‘quvchilar an’anaviy shaklda ta’lim olayotganligini hamda ko‘pchilik ota-onalar va pedagoglarning takliflarini inobatga olib, maktablarda ushbu fanlar III chorakdan yana davom etishini ma’lum qiladi”, deyiladi xabarda.

O‘quv yilining birinchi yarim yilligidagi mavzular vazirlikning tavsiyalariga muvofiq, tig‘izlashtirilgan holda (mavzularni qo‘shgan holda) o‘tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab fan

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing