Maktablarda bahorgi ta’til qachondan boshlanishi e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi maktablarda bahorgi ta’til 20 martdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ramazon hayiti 20 mart sanasida nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20 martdan boshlanib 28 martga qadar davom etadi.

O‘quv yilining 4-choragi 30 mart (dushanba) kunidan boshlanadi.

Joriy o‘quv yilining 20 mart (juma) kunidagi va 28 mart (shanba) kunidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4-chorakda o‘quv dasturlariga tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 20 martga to‘g‘ri kelishi haqida xabar berilgan edi. Bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

  • 20 mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
  • 21 mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
  • 22 mart (yakshanba) – dam olish kuni. 
  • 23 mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.  

Maqola muallifi

Teglar

maktab bahorgi ta'til

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing