Endi O‘zbekistondagi maktablarda ham Xitoy tili o‘qitiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tili o‘qitiladi. Buning uchun 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi. Bu haqda bugun, 9 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

“Meni tashvishga solayotgan masala – yoshlarimizni kasb-hunarli qilib, doimiy daromad topishi uchun sharoit yaratish. Agar buni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, mahallada kambag‘al va ishsiz qolmaydi”, dedi Prezident.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining Xitoyga tashrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi o‘nlab yirik kompaniya rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi shakllantirildi. Bunday loyihalar uchun texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab kadrlar kerakligi ta’kidlandi. Kasbga o‘rgatishda Xitoy tajribasini joriy etish maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni tashkil qilish topshirildi.

Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish maqsadida 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

maktab xitoy tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing