Maktablar “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

Jamiyat

image
Ba’zi o‘qituvchilarning maoshi 50 foizgacha oshiriladi north_east

Ba’zi o‘qituvchilarning maoshi 50 foizgacha oshiriladi

Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida namunali maktablar reytingini shakllantiradi va e’lon qilib boradi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorda belgilanishicha:

•    reyting doirasida har o‘quv yili yakunida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan mezonlar bo‘yicha baholab boriladi;

•    umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini baholash va reytingni yuritish uchun tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari boshliqlari rahbarligida maxsus komissiyalar tuziladi;

•    umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reyting ko‘rsatkichlari asosida “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi;

•    reyting ko‘rsatkichlari asosida “qizil” toifaga kiritilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

317

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing